Qoraqalpoğiston Respublikasining olis hududlarida maktabgaça ta’lim taşkilotlari pedagoglari uçun mobil malaka oşiriş xizmatlari izçil davom etmoqda. Navbatdagi öquv maşğuloti Taxtaköpir tumani Özbekiston qişloq fuqarolar yiğini hududidagi «Navşe» oilaviy maktabgaça ta’lim taşkilotida bölib ötdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Maktabgaça, boşlanğiç va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi katta öqituvçilari Gulzada Matjanova va Gulparşin Örinbaeva tomonidan «Aqlvoy» mobil malaka oşiriş avtobusi orqali tarbiyaçilar uçun «Tabiatni qadrlab asraylik, Yer sayyorasi — umumiy uyimiz!» mavzusida metodik-amaliy maşğulotlar ötkazildi. Unda tabiatni asrab-avaylaş, ekologik madaniyatni şakllantiriş, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni rivojlantiriş hamda uşbu tuşunçalarni maktabgaça yoşdagi bolalar ongiga singdirişning samarali usullari muhokama qilindi. Amaliy maşğulotlar davomida tarbiyaçilar özaro tajriba almaşib, ta’lim-tarbiya jarayonida qöllaş mumkin bölgan yangi metodik yondaşuvlar bilan tanişdilar. 









