🔰Vazirlar Mahkamasining “Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2026-yil, 28-oktabrdagi 594-son qarori qabul qilindi. ❇️ Qarorga köra, davlat organlari va taşkilotlari, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarda kiberxavfsizlikka mas’ul mutaxassislarning kibertahdidlarga qarşi bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida 2026-yil 1-noyabrdan boşlab: ➖ kiberxavfsizlikka mas’ul mutaxassislarning malakasi “Cyber university” davlat universitetida oşiriladi va qayta tayyorlanadi; ➖ mutaxassislar malakasi har ikki yilda kamida bir marta oşiriladi; ⤵️ kurslar quyidagi muddatlarda ötkaziladi: ➖ malaka oşiriş – 144 soat; ➖qayta tayyorlaş – kamida 576 soat; ➖ kurslar işdan ajralgan yoki ajralmagan holda (masofaviy) taşkil etiladi; buyurtmaçining söroviga köra maşğulotlar xodimlarning iş joyida ham ötkazilişi mumkin; ➖ yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topşirganlarga: ➖ malaka oşiriş böyiça – sertifikat (QR-kodli elektron şaklda ham); ➖ qayta tayyorlaş böyiça – diplom beriladi. ❎Kiberxavfsizlik böyiça xorijiy sertifikatga ega mutaxassislar sertifikatning amal qiliş muddati davomida malaka oşirişga jalb etilmaydi. ♻️Tingluvçilar uzrli sababsiz malaka oşiriş maşğulotlarining 20 foizidan, qayta tayyorlaş maşğulotlarining 15 foizidan ortiğini qoldirsa, tinglovçilar safidan çiqariladi, tölov qaytarilmaydi. ➡️ Xarajatlar xodimni yuborgan taşkilot yoki yuqori turuvçi organning budjetdan taşqari mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan qoplanadi. 🔗 Taşkilot rahbarlarining raqamlaştiriş va sun’iy intellekt masalalari böyiça mas’ul örinbosarlari markaziy apparat, hududiy va quyi tizimlardagi barça kiberxavfsizlik mutaxassislarining malakasini oşirişga şaxsan mas’ul etib belgilandi. 




