Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Robototexnika» o‘quv kurslariga start berildi

19.08.2025 10:46:56 35 Баспаға шығарыў

Ta’limda zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida Pedagogik mahorat markazida «Robototexnika» o‘quv kursi doirasida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti M. Palwanova tomonidan olib borilmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – pedagog kadrlarning robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishtirokchilarga robotlarni tuzish, dasturlash va boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar taklif etilmoqda. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda va ularning kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!