Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari shu yilning 2-sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darslari o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 mingdan ziyod o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» tantanali ravishda topshiriladi.