Click to listen highlighted text!

ILMIY-METODIK KENGASH YIG‘ILISHIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

31.10.2025 16:07:46 71 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Ilmiy-metodik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.B. Qaypnazarov ochib berdi va olib bordi.

Majlis kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi, Amaliy fanlar hamda Maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedralari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;
Kafedralarda ilmiy-metodik ishlarning bajarilish holatini ko‘rib chiqish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish.
Yig‘ilish davomida kafedralar faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy-metodik ishlarning sifatini oshirish, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Majlis yakunida ilgari surilgan takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!