Click to listen highlighted text!

XORIJIY HAMKORLIK DOIRASIDA QORAQALPOG‘ISTONLIK PEDAGOGLAR OZARBAYJONDA MALAKA OSHIRMOQDA

26.11.2025 10:33:40 74 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, 2025-yil 23–30-noyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur xalqaro o‘quv dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari Gulxan Jiemuratova va Dilfuza Kutlimuratovalar faol ishtirok etmoqda. Tashrif davomida o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodikalar, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish orqali kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirmoqdalar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!