Click to listen highlighted text!

Informatika o‘qituvchilari uchun amaliy loyihalar asosidagi malaka oshirish

26.01.2026 16:36:34 10 Баспаға шығарыў

  Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida mashg‘ulotlar loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning) yondashuvi asosida olib borilmoqda. Kurs tinglovchilariga ikki haftaga mo‘ljallangan amaliy loyiha topshirig‘i berildi. Loyiha mavzusi — o‘quvchilarning darsga qatnashishini nazorat qilish uchun mobil yoki veb-ilova yaratish. Mazkur loyiha jarayonida tinglovchilar quyidagi muhim kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirdilar: dasturiy yechimlarni loyihalash va ishlab chiqish; raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish; jamoada ishlash va vazifalarni taqsimlash; real muammoni hal etishga qaratilgan amaliy ilovalar yaratish. Bugun loyiha ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta guruh tomonidan ishlab chiqilgan ilovalar namoyish etilib, ularning funksionalligi, qulayligi va ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Darslar Pedagogik mahorat markazining o‘qituvchisi Dilfuza Kutlimuratova tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilarga loyihaga asoslangan ta’limning mazmuni, uni informatika va IT fanlarini o‘qitishda qo‘llash usullari hamda amaliy loyihalarni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!