Click to listen highlighted text!

Olam goʻzalligi- gultoji ayol

06.03.2026 19:31:40 8 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olam goʻzalligi- gultoji ayol” deb nomlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan ushbu tantanali tadbir ham ana shunday e’zoz va ehtiromning yorqin namunasidir.

Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabaeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni bahorning ilk bayrami bilan samimiy qutlar ekan, ayol nafaqat xonadon farishtasi, balki ta’lim sohasining ham tayanchi ekanligini,
«Ayol bor ekan — olam nurli, hayot go‘zal. Bugungi kunda markazimizning yutuqlarida siz, aziz ayollarning, fidoyi ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Sizlarning sabr-toqatingiz va kasbiy mahoratingiz yosh avlod tarbiyasida eng muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi», — deya ta’kidladi markaz direktori.

Tadbir davomida markazda samarali mehnat qilayotgan, o‘zining ilmiy va pedagogik salohiyati bilan ajralib turadigan xotin-qizlarning erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Kasbiy mahorati va faolligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimalarga markaz rahbariyati tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan faxriy ustozlar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!