Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Ahamiyatli yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi va Chimkent universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

#Memorandum     Memorandum Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna va Chimkent universiteti Akademik xizmatlar departamenti boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Mambetova Lyazzat Maratovna tomonidan imzolandi.   Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishdan iborat. […]

XALQARO KONFERENSIYANING PLENAR MAJLISIDA MA’RUZALAR TINGLANMOQDA

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning plenar majlisi bo‘lib o‘tmoqda. ✅Unda mahalliy va xorijiy olimlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda ta’lim sohasi mutaxassislarining zamonaviy ta’lim, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga oid ma’ruzalari tinglanmoqda. Plenar majlis ma’ruzachilari: 🔹 Kulmamatov Dusmamat Sattarovich — Xalqaro […]

#Live QORAQALPOG‘ISTONDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISH BOSHLADI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Markaz direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim amaliyotiga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy […]

🤖SUN’IY INTELLEKT – TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan informatika va axborot texnologiyalari fani tinglovchilari uchun “Sun’iy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida binar dars tashkil etildi. 💻 Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, tinglovchilarning raqamli savodxonligini oshirish hamda zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Binar dars Qorao‘zak tumanidagi 26- va 22-sonli umumta’lim […]

“Savodxon – pedagog” diktant tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlash, davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish hamda o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida “Savodxon – pedagog” mavzusida diktant tanlovi tashkil etildi. Tanlovda markazda malaka oshirayotgan ingliz tili, tarix, qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda rus tili fanlari tinglovchilari ishtirok etib, o‘zbek tilida yozma […]

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va […]

SUN’IY INTELLEKT — TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR: XALQARO SEMINAR YAKUNLANDI

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar yakunlandi. Mazkur xalqaro seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ham faol ishtirok etib, ta’lim jarayonida […]

XUSHXABAR! ⚡Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusupov Quwanısh Dauletbaevich O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak pedagogik mahorati, kasbiga sadoqati hamda ta’lim […]

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!