Click to listen highlighted text!

Pedagogik mahorat markazida iyun oyining malaka oshirish kurslari boshlandi.

02.06.2025 18:01:55 87 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-231-sonli Qarori asosida mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qaror doirasida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning malakasini zamon talablari asosida yangilash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida iyun oyining malaka oshirish kurslari boshlandi.

Kurs davomida tinglovchilar: zamonaviy dars jarayonini tashkil etish; interfaol va innovatsion dars usullarini qo‘llash; zamonaviy raqamli platformalarda samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; har bir o‘quvchining shaxsiy qiziqishi va individual psixologik xususiyatlariga mos yondashuvlarni o‘rganish bo‘yicha kasbiy mahoratini oshiradi.

Mazkur malaka oshirish kurslari pedagoglar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy yondashuvlarni egallash imkonini beradi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!