Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi va Chimkent universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

19.10.2026 09:10:35 19 Баспаға шығарыў

#Memorandum     Memorandum Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna va Chimkent universiteti Akademik xizmatlar departamenti boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Mambetova Lyazzat Maratovna tomonidan imzolandi.   Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishdan iborat.   Memorandum doirasida pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, innovatsion ta’lim metodlarini ommalashtirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!