Click to listen highlighted text!

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha mentor o‘qituvchilarni tayyorlash kursiga start berildi

28.01.2025 16:21:01 98 Баспаға шығарыў

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilariga “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” va “Kasbiy rivojlanish soati – KRS” tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha mentor o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.

Bunda master trenerlar:

KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda trener sifatidagi rolini tushunish;

klaster maktablarda sakkiz bosqichli  KRK hamda maktablarda ingliz tili oʻqituvchilari uchun tashkil etiladigan KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;

KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!