Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahorat markazining faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslarining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirish maqsadida media tur tashkil etildi. Unda respublikamizda faoliyat yuritayotgan markaziy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi. Media turda ommaviy axborot vositalari vakillari Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Media turda ommaviy axborot vositalari vakillari fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etishda yo‘llari «4K» va «5E» modellari, STEM yondashuv usullari bilan tanishdi. Media turda ommaviy axborot vositalari vakillarining «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti Bayrambay Turimbetov XXI asr ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘qitishda «4K» va «5E» modellari, STEM yondashuv, darslarda kreativlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash usullari bilan tanishtirdi.
Media turda ommaviy axborot vositalari vakillari fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etishda yo‘llari «4K» va «5E» modellari, STEM yondashuv usullari bilan tanishdi. Media turda ommaviy axborot vositalari vakillarining «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti Bayrambay Turimbetov XXI asr ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘qitishda «4K» va «5E» modellari, STEM yondashuv, darslarda kreativlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash usullari bilan tanishtirdi.
Mobil malaka oshirish xizmatlari negizida tashkil etilgan avtobus bilan tanishtirildi. ☄️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi tegishli farmoniga asosan shu yilning 1-martidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini joriy etish belgilangan edi. Avtobuslar bir vaqtning o‘zida 14 nafar pedagogga dars o‘tish uchun o‘quv joylari, 10 ta NR rusumli noutbuk, 1 dona 65 dyuymli interaktiv monitor, yozuv doskasi, 1 ta internet tarqatuvchi qurilma WI FI router bilan qayta jihozlangan. Bu avtobusdan olis va chekka hududlarda yashovchi davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini ko‘rsatish, ya’ni uzluksiz kasbiy rivojlantirish («metodik mahorat kuni» va «metodik mahorat darsi») tadbirlarini tegishli hududlarga borgan holda o‘tkazish, trening, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Pedagoglarga o‘zlari yashaydigan va ishlaydigan joylaridan uzoqlashmagan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishi, bilimlarini yangilab borishi orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Avtobuslar treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun barcha zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlansin.