Click to listen highlighted text!

“Ilmiy-metodik ishlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

19.03.2026 15:59:22 4 Баспаға шығарыў

  2026-yil 19-mart kuni «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikası» kafedrasi mudiri, dotsent R. Bauetdinov tomonidan “Tarix” uzluksiz malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Ilmiy-metodik ishlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Mazkur ochiq dars tarix fanini o‘qitishda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va samarali olib borish masalalariga bag‘ishlandi. Dars jarayonida tinglovchilarga mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda kundalik pedagogik faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan mavzuning dolzarbligi, asosiy tushunchalari va muhim jihatlari izchil yoritildi. Interfaol metodlardan samarali foydalanish orqali tinglovchilarning faolligi va erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda mavzuga oid ko‘rgazmali materiallar va taqdimotlar namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida o‘qituvchi o‘zining metodik mahoratini namoyon etib, ilg‘or pedagogik tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur ochiq dars ilmiy-metodik ishlar samaradorligini oshirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!