⚡️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “O‘qish savodxonlari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📊Tanlov yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘oliblar:
🥇-o‘rin — Nukus shahri 26-maktab o‘quvchisi Jollibekova Sarbinoz
🥈-o‘rin — Chimboy tumani 3-maktab o‘quvchisi Salmenova Aysanam
🥉-o‘rin — Nukus shahri 26-maktab o‘quvchisi Bekpolatova Madina
📌Shuningdek, respublika bo‘yicha har bir hududdan eng yuqori natijalarni qayd etgan jami 42 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi.
G‘oliblar diplomlar, zamonaviy noutbuk va planshetlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.✨













