Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida markaz ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoaviy shartnomaning ijrosi bo‘yicha navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi raisi M. Dawılbaev, markaz rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni markaz direktori G.T.Kojaboyeva ochib berdi. Unda jamoa shartnomasi doirasida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Nagmetullayev tomonidan shu boradagi hisobot tinglandi. Shuningdek, yig‘ilish davomida markaz ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2026-2028 yillar uchun tuziladigan yangi jamoaviy shartnoma loyihasi ko‘rib chiqilib, muhokamaga qo‘yildi. Tadbir yakunida xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.













