Click to listen highlighted text!

Nukus şahrida «Metodik mahorat kuni» doirasida amaliy seminar-trening ötkazildi

20.11.2026 17:04:41 22 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan Nukus şahridagi tayanç davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida «Metodik mahorat kuni» doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening taşkil etildi. Tadbirda maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor örinbosarlari faol iştirok etib, özaro tajriba almaşiş, ilğor metodik yondaşuvlar bilan tanişiş va amaliy könikmalarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böldi. Seminar davomida maktabgaça ta’lim taşkilotlarida metodik işlarni samarali taşkil etiş, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oşiriş, şuningdek, bolalarning mustaqil fikrlaşi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişda estetik tarbiyaning ahamiyati böyiça amaliy tavsiyalar berildi. Şuningdek, Pedagogik mahorat markazining maktabgaça ta’lim yönalişi metodisti A.Otarbaev va metodist U.Matmuratovlar ilğor tajribalari, samarali amaliy işlanmalari va metodik tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!