Click to listen highlighted text!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiда malaka oshirish kurslari tashkil etildi

24.04.2026 10:03:54 1 Баспаға шығарыў

Pedagogik mahorat markazlari professor-o‘qituvchilari va metodistlari uchun malaka oshirish kurslari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etildi. Mazkur kurslarda hududiy pedagogik mahorat markazlaridan jami 53 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va metodistlari ham faol qatnashmoqda . O‘quv mashg‘ulotlari bir oy davomida 100 soatlik dastur asosida olib borilib, zamonaviy o‘quv reja va dasturlar asosida tashkil etilgan. Unda ilg‘or pedagogik yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, kurslar davomida xorijiy va xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar hamda treninglar o‘tkazilmoqda, bu esa tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!