Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan markaz tinglovchilari uchun Xo‘jayli tumanida joylashgan Mizdaxan tarixiy-arxeologik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida tinglovchilar qadimiy tarix, boy madaniy meros hamda betakror me’moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Ikki ming besh yuz yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu majmua o‘zining noyob arxeologik obidalari va sirli o‘tmishi bilan sayyohlar, olimlar hamda xalqaro ekspertlar e’tiborini tortib kelmoqda. Ekskursiya jarayonida ochiq osmon ostidagi ikki ming besh yuz yillik tarixga ega Mizdaqxon majmuasidagi tarixi miloddan avvalgi III asrdan boshlanuvchi Govur qal’a, XII-XIII asrlarda qurilgan «Mazlumxon suluv,» «Erejep Xalifa,» «Shamun Nabiy,» «Jo‘mart qassob,» «Qirq cho‘pon» maqbarasini ziyorat qildi. 













