2026-yil 30–31-oktabr kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Zamonaviy maktabda fan öqitiş metodikasi: dolzarb muammolar va innovatsion yeçimlar” mavzusida IV Özbekiston–Rossiya ilmiy-amaliy konferensiyasi ötkazilmoqda. Konferensiyaning asosiy maqsadi zamonaviy maktabda fanlarni öqitiş metodikasining dolzarb muammolarini muhokama qiliş, ta’lim jarayoniga innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda Özbekiston va Rossiya ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirişdan iborat. Mazkur xalqaro konferensiyaning yalpi yiğilişida Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva ma’ruza bilan iştirok etmoqda.





