Click to listen highlighted text!

Korrupsiyasiz jamiyat – farovon hayot asosi

21.05.2026 17:05:15 9 Баспаға шығарыў

2026-yil 21-may kuni Pedagogik mahorat markazida «Korrupsiyasiz jamiyat – farovon hayot asosi» mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markazning professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etdi. Uchrashuvni ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent R.Bauetdinov ochib berdi va olib bordi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-sonli qarori ilovasining 42-bandiga muvofiq, «Aholi orasida hududiy nigilizm holatlarini bartaraf etish, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi illat ekanligi yuzasidan to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks targ‘ibot ishlarini tashkil etish» vazifasining ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 18-maydagi 03-13-2584-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida targ‘ibot materiallari va taqdimotlarni keng targ‘ib qilish, sohaga oid qonunchilik hujjatlari hamda ichki lokal normativ hujjatlarni xodimlarga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatning barcha qatlamlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlar ongida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!