Click to listen highlighted text!

#seminar_trening #2_kun SEMINAR-TRENING DAVOM ETMOQDA

22.05.2026 12:31:44 45 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” mavzusidagi seminar-treningning ikkinchi kuni davom etmoqda. Seminar-trening davomida ishtirokchilarning iqlim o‘zgarishi, ekologik ta’lim hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, pedagoglarni master-trener sifatida tayyorlash orqali ta’lim tizimida barqaror va keng qamrovli natijalarga erishish maqsad qilingan. Dastur yakunida tayyorlanadigan master-trenerlar orqali kaskadli o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!