1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tomonidan «Baxtli bolalik» mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda markaz direktorining Akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A.Qaypnazarov so‘zga chiqib, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ta’lim-tarbiya berish masalalarining dolzarbligi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, tadbir davomida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, bolalikning pokligi, mehr-oqibat, ezgulik va insoniylik g‘oyalari tarannum etildi. 










