Click to listen highlighted text!

Metodik ko‘mak orqali ta’lim sifatini yuksaltirish

26.06.2026 16:55:33 16 Баспаға шығарыў

2026-yil 25-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim sifati past bo‘lgan 20 ta umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida 72 soatlik qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Maqsad: ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda o‘quvchilarning bilim natijalarini yuqori darajaga ko‘tarishga metodik ko‘mak berishdan iborat. Mazkur o‘quv jarayonida “Darsning tarkibiy qismlari va uni taqdim etish metodikasi”, “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish”, “Xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS, TIMSS) natijalari asosida ta’lim sifatini oshirish” kabi mavzular asosida o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, darslarni samarali rejalashtirish va tashkil etish, fanlarni o‘qitish jarayonidagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatildi. Mashg‘ulotlar yakunida pedagoglar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Back To Top
Click to listen highlighted text!