Click to listen highlighted text!

Ommaviy axborot vositalari xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

26.06.2026 13:44:36 6 Баспаға шығарыў

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bayram uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Markaz direktori G. Kojabayeva hamda direktor o‘rinbosari B.Iztleuov ishtirok etdi. Tadbir davomida Markaz direktori G.Ko‘jaboyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish hamda jamiyatda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashdagi munosib hissasini alohida ta’kidladi. Tadbir yakunida Markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng va xolis yoritishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh jurnalist va blogerlarga Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!