Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Tanlovning ikkinchi bosqichi — raqamli va ijtimoiy-siyosiy savodxonlik bo‘yicha test sinovi boshlandi! Ishtirokchilar ushbu sinov orqali: raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish; ijtimoiy-siyosiy bilim va dunyoqarash; zamonaviy axborot makonida to‘g‘ri yo‘nalish olish; tahliliy fikrlash va axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etmoqda. Bu bosqich — nafaqat bilim, balki zamonaviy tafakkur, ziyraklik va kasbiy salohiyat sinovi! Barcha ishtirokchilarga sinov jarayonida omad, yuksak natijalar va munosib g‘alaba tilaymiz! 








