Click to listen highlighted text!

Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturi taqdim etildi

18.08.2026 16:48:30 10 Баспаға шығарыў

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta‘lim markazi va qator xorijiy tashkilotlar hamkorligida Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturini rasman taqdim etishga bag’ishlangan taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo’linmasi loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov so’zga chiqib, mazkur loyiha doirasida erishilgan natijalar va rejalar haqida so‘z yuritishdi.

Tadbirda shuningdek, UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Mariya Kastijio, Respublika Ta‘lim markazi direktori Dilshoda Norboyeva hamda hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.

🔰 Ma‘lumot o‘rnida: Takomillashtirilgan Milliy o‘quv dasturida barcha o‘quvchilar uchun aniq o‘quv maqsadlari belgilangan bo‘lib, qariyb ikki yil davomida 147 nafar milliy va 30 nafar xalqaro mutaxassis ishtirokida ishlab chiqildi.

Jarayon dalillarga asoslangan yondashuv asosida tashkil etilib, uning doirasida 260 dan ortiq ishchi uchrashuv va maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

🌐 Ilg‘or xalqaro tajriba va ekspert salohiyatiga tayangan holda tashkil etilgan mazkur jarayonning muhim jihati shundaki, ilk bor barcha fanlar bo‘yicha milliy ishchi guruhlar xalqaro fan ekspertlari bilan tizimli va uzluksiz hamkorlik qildi.

 

Back To Top
Click to listen highlighted text!