Click to listen highlighted text!

MENTOR-TRENERLAR 3 KUN DAVOMIDA NIMALARNI O‘RGANDI?

30.09.2026 13:44:32 11 Баспаға шығарыў

🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan 3 kunlik “Mentor-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” davomida ishtirokchilar tajribali master-trenerlardan zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalarni o‘rgandi. 🔹 SEL asosida pedagogning kasbiy farovonligini ta’minlash usullari; 🔹 “Kelajak soatlari” samaradorligini oshirishda pedagogning roli; 🔹 sinf amaliyotini tadqiq etish va dalillarga asoslangan ta’limni tashkil etish texnologiyalari; 🔹 ta’lim jarayonini pedagogik refleksiya asosida tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari; 🔹 UDL tamoyillari asosida inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash metodikasi; 🔹 o‘quvchilar natijalarini yaxshilashga qaratilgan baholash tamoyillari; 🔹 pedagogik faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanishning etik va huquqiy asoslari; 🔹 takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, yangi o‘quv rejalari va darsliklarni ta’lim jarayoniga joriy etish metodikasi; 🔹 PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlari talablarini fan mazmuniga integratsiya qilish yo‘llari. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy metodlarni amaliyotda qo‘llash hamda pedagoglarga samarali metodik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur kompetensiyalarini mustahkamladi. ➡️ 3 kunlik trening — tajriba almashish, yangi metodlarni o‘rganish va mentorlik mahoratini rivojlantirish uchun muhim amaliy maydon bo‘ldi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!