⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish hamda kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi. “Sotsial-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan “O‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda yangi innovatsiyalar” mavzusida o‘tkazilgan seminarda: ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanish imkoniyatlari; o‘quvchilarning bilish faoliyati va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari; innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar. 










