Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlash, davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish hamda o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida “Savodxon – pedagog” mavzusida diktant tanlovi tashkil etildi. Tanlovda markazda malaka oshirayotgan ingliz tili, tarix, qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda rus tili fanlari tinglovchilari ishtirok etib, o‘zbek tilida yozma savodxonlik, imlo qoidalariga rioya qilish va fikrni to‘g‘ri ifodalash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov yakunida ishtirokchilarning yozma ishlari tekshirilib, natijalar sarhisob qilindi va g‘olib tinglovchilar aniqlandi. 












