Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan informatika va axborot texnologiyalari fani tinglovchilari uchun “Sun’iy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida binar dars tashkil etildi.
💻 Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, tinglovchilarning raqamli savodxonligini oshirish hamda zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Binar dars Qorao‘zak tumanidagi 26- va 22-sonli umumta’lim maktablarining Microsoft Certified Educator xalqaro sertifikati sohiblari D. Matjanov va E. Tleuov tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, dars mazmunini boyitish, o‘quv materiallarini tayyorlash va ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy topshiriqlarni bajardilar. Shuningdek, trenerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning samarali usullarini namoyish etdilar.





