Click to listen highlighted text!

JAHON MINBARIDA YANGRAGAN TILIM

22.10.2026 08:27:41 1 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktyabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Jahon minbarida yangragan tilim» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat madhiyalari bilan boşlandi. Tillarni öqitiş metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi Seyitjan Matekeev kiriş sözi bilan tadbirni oçib berip, «Mámleketlik til – puxaralardı birlestiriwşi joqarǵı qádiryat» mavzusida söz yuritib, davlat tilining xalqni birlaştiriş, milliy qadriyatlarni asraş va jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlaşdagi ahamiyatini ta’kidladi. Tadbir davomida Nukus davlat pedagogika instituti (NDPI) Özbek tili kafedrasi öqituvçisi, PhD O. Haytboyev «Özbek tili taraqqiyotining huquqiy asoslari», Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni öqitiş metodikasi kafedrasi dotsenti G. Qanaatova esa «Ózbek tiliniń túrkiy tiller arasındaǵı ornı» mavzularida ma’ruzalar bilan iştirok etdilar. Şuningdek, tinglovçilar tomonidan tayyorlangan qöşiqlar, raqslar, viktorinalar va badiiy çiqişlardan iborat adabiy-badiiy kompozitsiya namoyiş etildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!