“Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o‘quv dasturi” tasdiqlandi Bugun Vazirlik tomonidan boshlang’ich sinf o’qituvchilariga “Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish» bo‘yicha kaskad usulida o’quvlarni tashkil qilish masalalariga bag’ishlangan» ZOOM platformasi orqali yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Kuchkarova Nargiza tomоnidan boshlang’ich sinf o’qituvchilarga yangiliklarni yetkazish, ularni metodik qo‘llab quvvatlash, pedagoglar kasbiy kompetentligini va o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullarini joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilari malakasini oshirishdagi vazifalar belgilab olindi va o’z takliflarini bildirdi. Yangi o’quv yili oldidan yangi ishlab shiqilgan darsliklardan samarali foydalanish metodikalari boshlang’ich sinf o’qituvchilarga yetkazib beriladigan bo’ldi.