Click to listen highlighted text!

Navosini shamol yod etib, nazmini yurt bilgan shoir

26.10.2024 08:57:13 80 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz va lirik shoiri Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng tarzda nishonlanib, shoir ijodiy faoliyatiga oid adabiy kecha va tadbirlar joylarda davom etmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Ajiniyoz Qosiboy o’g’li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan «Navosini shamol yod etib, nazmini yurt bilgan shoir» mavzusida adabiy – badiiy kecha tashkil qilindi. Adabiy kechani markaz direktori V.Bekmuratova ochib berdi va shoirning qoraqalpoq adabiyoti tarixida tutgan o’rni va shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash haqidagi Prezidentimiz taklifi bilan YUNESKO tomonidan nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritilganligini ta’kidlab o’tdi. So’ngra Pedagogik mahorat markazi Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri f.f.n S.Matekeev, Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti f.f.f.d (Phd) Q.Mambetovlar so’zga chiqib shoir asarlarining ahamiyati haqida to’xtalib o’tdilar. Ma’ruzalar tugagandan so’ng shoir ijodi bo’yicha kurs tinglovchilar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kecha bilan davom etdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!