Click to listen highlighted text!

Qadring baland bo‘lsin – Ona tilim

02.12.2024 08:36:57 50 Баспаға шығарыў

1989-yil 1-dekabr sanasida qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan edi. Mana bugun ushbu sanaga 35 yil bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha hududlarida, muassasa va tashkilotlarda bayram tadbirlari tashkil qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida «Mártebeń bálent bolsın-Ana tilim!» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Pedagogik markaz professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Bayram tadbiri O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratova, “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri f.f.n S.Matekeev, kafedra dotsenti B.Turimbetov, Davlat (qoraqalpoq) tili fani kursi tinglovchisi G.Berdimuratovalar tadbir ishtirokchilarini qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami bilan tabriklab, ona tilimizning xalqimiz turmushi va jamiyat rivojidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Haqiqatan ham, til – bu eng buyuk ne’matlardan biri. Tilsiz – inson hech kim. Dunyoda turli xil tillar bor. Inson hayotida tilning o‘rni beqiyos. Til orqali o‘z fikrimizni bayon qila olamiz. Har bir millatning ona tili mavjud. Bizing ona tilimiz – qoraqalpoq tili. Xalq og‘zaki ijodi, shoir-yozuvchilar o‘z asarlarida ona tilimizning boy lug‘at fondiga egaligini asarlari orqali isbotlab berganligining guvohi bo‘lamiz.
Bayram tadbiri tinglovchilar tomonidan tayyorlangan adabiy – musiqiy kompozitsiyalar bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!