Click to listen highlighted text!

Xalqaro hamkorlik Pedagogik mahorat markazida Prezident maktabining ilg’or tajribalari ommalashtirilmoqda

02.12.2024 08:45:50 57 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231 – sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Nukus shahridagi Prezident maktabi tajribasini ommalashtirish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi. Seminar-treningda Nukus shahridagi Prezident maktabining kimyo fani bo‘yicha xalqaro o‘qituvchisi S’Celo Velenkini Zulu Prezident maktabida to‘plangan tajribalar asosida «Scientific Method» degan mavzuda laboratoriya ishini namunali tarzda tashkillashtirdi. Treningda kurs tinglovchilari kimyo darsliklarida laborotoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda zamonaviy metodlardan foydalanish mahorati va o‘qitishning xalqaro tajribalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qildilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!