Click to listen highlighted text!

BOSHLANG‘ICH SINF YO‘NALISHI BO‘YICHA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN O‘QUV KURSI O‘TKAZILMOQDA

12.02.2025 14:07:16 79 Баспаға шығарыў

 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 31 yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini tashkil etish belgilangan.

 Boshlang‘ich sinf yo‘nalishidagi kasbiy rivojlanish tadbirlarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-14-fevral kunlari oralig‘ida mentor-o‘qituvchilar uchun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan Zoom platformasi orqali masofaviy qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

 Seminarda ZOOM platformasi orqali Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1-maktabda, Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli maktabda tashkil etilgan studiyalarda boshlang‘ich sinf yo‘nalishi bo‘yicha 29 nafar mentor o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!