Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilariga «Kasbiy rivojlanish kuni – KRK» va «Kasbiy rivojlanish soati – KRS» tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha mentor o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi. Bunda master trenerlar: KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda trener sifatidagi rolini tushunish; klaster maktablarda sakkiz bosqichli KRK hamda maktablarda ingliz tili oʻqituvchilari uchun tashkil etiladigan KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish; KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar.