Click to listen highlighted text!

Joylarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi

04.03.2025 15:37:54 103 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun respublikamizdagi 25 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi.
Bunda mentor trenerlar tomonidan MTTB yetakchilariga maktabgacha ta’lim darslarining sifati, bolalar bilan ishlash psixologiyasi o‘rgatilib, MTT tadbirlarini amalga oshirishda o‘quv darslarini samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

Seminarda 25 nafar mentor, 452 nafar yetakchi pedagoglar ishtirok etmoqda.

Metodik mahorat kunlarini har oyning 1-3 haftasida seshanba kunida o‘tkazish belgilangan.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!