Click to listen highlighted text!

Olis qishloqlarda ham mobil ta’lim tashkil etiladigan bo‘ldi

03.03.2025 11:20:32 90 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mobil malaka oshirish xizmatlari negizida tashkil etilgan avtobus olib kelindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 martidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini joriy etish belgilangan. Mazkur mobil malaka oshirish xizmatlari 4 ta auditoriya ko‘rinishida qayta jihozlangan avtobuslar negizida tashkil etiladi. Avtobuslar bir vaqtning o‘zida 14 nafar pedagogga mashg’ulotlar o‘tishga mo‘ljallangan o‘quv o‘rinlari, 10 HP markali noutbuk, 1 dona 65 dyumlik interaktiv monitor, yozuv doskasi, 1 dona internet tarqatuvchi qurilma (WI FI router) bilan qayta jihozlangan. Mazkur avtobuslardan uzoq va chekka hududlarda joylashgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini ko‘rsatish, ya’ni uzluksiz kasbiy rivojlantirish (“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”) tadbirlarini tegishli hududlarga borgan holda trening, seminar va boshqa shakllarda tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Pedagoglarga yashash va ish joyidan uzoqqa ketmagan holda uzliksiz kasbiy rivojlanish, bilimlarini yangilab borish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Avtobuslar treninglar, seminarlar va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazish uchun zarur barcha vositalar bilan jihozlangan.  

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!