Click to listen highlighted text!

Dúnya jarasıǵı-gúltajı hayal

07.03.2025 17:55:19 97 Баспаға шығарыў

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Pedagogika markazi direktori Venera Bekmuratova so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, yig‘ilganlarni samimiy qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Shundan so‘ng markazda xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida so‘z yuritilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida yoshi ulug‘ ustozlar ham so‘zga chiqib, ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorlik bildirdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!