Click to listen highlighted text!

«AQLVOY» AVTOBUSI O‘Z ISHINI BOSHLADI.

12.03.2025 09:37:59 62 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PP-152-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga, respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun «Aqlvoy» avtobusi berilgan edi.

Bugun, ushbu avtobus yordamida tajriba-sinov tariqasida «Maktabgacha boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan respublikamizning olis va chekka hududlariga kiruvchi Nukus shahri «Qoratov» mahallasida joylashgan 44-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!