Click to listen highlighted text!

«ZAMONAVIY O‘QITUVCHI» MAVZUSIDA INTELLEKTUAL TANLOV O‘TKAZILDI

13.03.2025 15:48:46 88 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi, «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasida aniq fanlar yo‘nalishi tinglovchilari o‘rtasida «Zamonaviy o‘qituvchi» mavzusida intellektual tanlov o‘tkazildi.
Tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilarga viktorinalar, pedagogik keyslar, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan qanday foydalanish ko‘nikmalarini aniqlashtiruvchi intellektual topshiriqlar berildi.
Berilgan topshiriqlar orqali ishtirokchilarning kasbiy va pedagogik mahoratlari, shuningdek, kurs davomida olgan bilimlarini qay darajada amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida Pedagogik mahorat markazi tomonidan faol ishtirok etgan tinglovchilarga «Faxriy yorliq»lar topshirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!