Respublikamizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan maqsad – o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik jihatdan yordam berish uchun zarur sharoitlarni yaratish hisoblanadi.