Click to listen highlighted text!

«AQLVOY» AVTOBUSI BOZATOV TUMANIDA

25.03.2025 18:00:56 108 Баспаға шығарыў

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mobil malaka oshirish xizmatlari asosida tashkil etilgan avtobus Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi uchun ham ajratilib, ushbu mobil malaka oshirish xizmatlari respublikamizning olis va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun o‘z ishini boshlab yubordi.
Bugun ushbu maxsus avtobus Bo‘zatov tumanidagi «Aspantay» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, bu yerdagi pedagoglarga o‘zlari yashaydigan va ishlaydigan joylaridan uzoqlashmagan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishi, bilimlarini yangilashi uchun imkoniyat yaratildi.
Bu yerda tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari G. Baytileuova va G. Eshmuratovalar tomonidan tashkilotning pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!