Click to listen highlighted text!

Kembridj o‘quv dasturining ahamiyati tushuntirildi

27.03.2025 14:13:20 54 Баспаға шығарыў

Bugun 26-mart kuni Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida Monsi Richard Mokete tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Boshlang‘ich ta’lim kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga dars olib borildi.

Dars davomida Kembridj o‘quv dasturining ahamiyati tushuntirildi. Ushbu o‘quv dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Dars davomida tinglovchilarga ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar, interfaol metodlar, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar haqida tushuncha berildi.

Tinglovchilar amaliy mashqlarni bajarib, o‘zlarida har bir darsni yangicha metodlar orqali tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!