Click to listen highlighted text!

Bugun 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi.

28.03.2025 13:59:56 91 Баспаға шығарыў

Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi.

Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi yoki mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali yangi metodikalarni qo‘llash va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirganligini ko‘rsatishi belgilangan.

Taqdimot tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Amirxan Qaypnazarov ishtirok etmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!