Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Mamun universitetida: Hamkorlik va yangi loyihalar.

29.04.2025 18:10:12 126 Баспаға шығарыў

️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 28-aprel kuni Xorazm viloyatidagi Mamun universitetida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safarining asosiy maqsadi – tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) laboratoriya darslarini yanada samarali tashkil etish, maktab o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

️Tashrif doirasida «Mobile Labs» loyihasining prezentatsiyasi o‘tkazildi.

Bu loyihada:

 Biologiya, fizika va kimyo fanlari uchun ko‘chma laboratoriyalarni yaratish;

 Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha zamonaviy va samarali metodik tavsiyalar ishlab chiqish,

Metodik qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etish ishlari rejalashtirildi.

Bu tashabbus maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, eksperimentlar asosida ta’limning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.

Xizmat safari davomida maktab o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bir necha yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.

 Bu loyihalar:

 O‘qituvchilarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish;

Fanlarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishni yanada takomillashtirishga mo‘ljallangan ta’lim platformalarini yaratish;

Hududiy va Respublika darajasidagi malaka oshirish dasturlariga yangicha yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.

️Tashrif yakunida Pedagogik mahorat markazi va Mamun universiteti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Memorandumga imzolash bo‘yicha rejalar tuzib olindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida:

 Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

 Malaka oshirish kurslari va seminarlar tashkil etish;

Tajriba almashish va amaliyot darslarini birgalikda o‘tkazish kabi istiqbolli rejalarni belgilab oldi.

️Bu xizmat safari natijasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy va metodik salohiyatini yanada rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadamlar tashlandi.

️ Pedagogik mahorat markazi kelajakda ham zamonaviy ta’lim talablariga javob beradigan, ilm va amaliyotni birlashtirgan loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishda davom etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!