#Tajriba_almashish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2025-yil 28-aprel kuni o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safarining asosiy maqsadi – Pedagogik markazda olib borilayotgan o‘quv-metodik ishlar bilan yaqindan tanishish, birgalikda o‘quv seminarlarini tashkil etish, birgalikda ta’lim grantlariga qatnashish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Xizmat safari davomida professor-o‘qituvchilar Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida yaratilgan sharoitlar, darslarning tashkil etilishi, kurs tinglovchilarining kasbiy mahoratlarini rivojlantirish ishlarining borishi, o‘quv xonalarining moddiy-texnik bazasi, laboratoriya xonalari va kompyuter xonalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida o‘quv-metodik ishlarda hamkorlik qilish, birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi muammoli mavzular bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish borasida hamkorlikda ishlash va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.