XXI asr maktab direktori: strategik yetakchilik va innovatsion yondashuv
2025-yil 25-30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tashabbusi bilan zamonaviy ta’limni boshqarish va innovatsion yondashuvlarga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar zamonaviy maktab boshqaruvi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Tadbirda Xo‘jayli tumani, Amudaryo tumani hamda Nukus shahri umumta’lim maktablarining direktorlari faol ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishti.
Seminar-trening davomida:
Strategik fikrlash asoslari,
Ta’limda innovatsion boshqaruv yondashuvlari,
Liderlik va samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari kabi muhim mavzularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.